Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekistonga ishchi tashrifi bilan kelmoqda. 24 dekabr kuniga mo‘ljallangan tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qirg‘iziston yetakchisi devonining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Sapar Isoqov ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari tor va kengaytirilgan doirada uchrashuv o‘tkazishadi. Kun tartibiga ko‘plab masalalar qo‘yilishi kerak. «Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, janob Shavkat Mirziyoyevning Almazbek Atambayev bilan uchrashuvi – yangi Prezidentning xorij davlat rahbari bilan ilk uchrashuvidir», - dedi S.Isoqov.
Uning ta'kidlashicha, Almazbek Atambayev tashrif davomida Islom Karimov qabrini ham ziyorat qiladi.
Mavzuga oid
21:14 / 04.02.2026
AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermadi – Gor
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026
YeI Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar rejasini muhokama qilmoqda
09:13 / 28.01.2026