O‘zbekiston | 20:54 / 22.12.2016
17409
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Olmaota aloqalari mustahkamlanadi

Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonov Olmaota hokimi Baurjan Baybek bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Olmaota shahri hokimiyati matbuot xizmati xabar bergan. Toshkent shahri hokimiyati saytida esa bu uchrashuv haqida ma'lumot yo‘q.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamalash masalalarini muhokama etgan.

Baurjan Baybek shu yilning 10 oyida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 62 foizga o‘sib, 200 mln dollarga o‘sganini qayd etib o‘tdi. U Olmaotada 129ta qo‘shma va 236ta o‘zbek korxonasi faoliyat olib borayotganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Toshkent va Olmaota hokimlari uchrashuvida kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, aholi uchun turarjoylar qurish hamda turizm sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Mavzuga oid