Tramp «Xitoydan o‘lim» kitobi muallifini savdo bo‘yicha milliy kengash rahbarligiga tanladi

Foto: © AFP
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp o‘z ma'muriyati qoshida Savdo bo‘yicha milliy kengashni tashkil etishga qaror qildi. U mazkur kengash rahbarligiga iqtisodchi olim Piter Navarro nomzodini ilgari surdi, deb yozmoqda Financial Times gazetasi.
Ta'kidlanishicha, Navarro avvallari AQSh hukumatining Xitoyga nisbatan munosabatlarini tanqid qilgan. U o‘zining ilmiy faoliyati davomida bir nechta kitob yozgan. Ular orasida «Xitoydan o‘lim» va «Yashirin yo‘lbars» nomli kitoblar bor. Professor mazkur ishlarida turli sohalar, shu jumladan harbiy va iqtisodiy yo‘nalishlarda Xitoyga qarshi kurash borasida fikrlarini ilgari surgan.
«Men Amerikaning savdodagi muammolari haqidagi Piter kitoblaridan birini o‘qib, unda keltirilgan fikrlar va dalillardan hayratlangan edim. U ajoyib tadqiqot o‘tkazgan», — deya bayonot bergan Tramp.
Aytish joizki, Piter Navarro saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Tramp jamoasi a'zosi bo‘lgan. U savdo vaziri lavozimiga ilgari surilgan 79 yoshli milliarder Uilbur Ross bilan birgalikda Trampning iqtisodiy dasturini yozgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi
Jahon | 21:49
-
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston | 21:41
-
Myanmada zilzila haqida noto‘g‘ri prognozlar tarqatgan tiktoker hibsga olindi
Jahon | 21:24
-
Qozog‘iston superkompyuter yaratishga 40-50 mln dollar sarflaydi
Jahon | 21:22
Mavzuga oid

17:55
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:32
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

21:11 / 24.04.2025
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi

17:06 / 23.04.2025