O‘zbekiston | 21:03 / 22.12.2016
37922
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi tumanlardan biriga Sharof Rashidov nomi beriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Parlament qonunchilik palatasidagi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, majlicda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof Rashidov tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishdi.

Deputatlar masalani har tomonlama muhokama qilgach, hukumat taklifi, keng jamoatchilik muhokamasi jarayonida bildirilgan fikr va takliflarni umumlashtirish materiallari, geografik obektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha hududiy va respublika komissiyalari tomonidan tayyorlangan xulosalar asosida Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof Rashidov tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va ushbu hujjat ma'qullash uchun Senatga yuborildi.

Ma'lumot uchun, Sharof Rashidovich Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax shahrida tavallud topgan. Sobiq Ittifoq davrida partiya va davlat arbobi, yozuvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari, 1939 yildan KPSS a'zosi.

1950-1959 yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi o‘rinbosari. 1959 yilning martidan O‘zbekiston KP MK birinchi kotibi.

1983 yilda vafot etgan.

Mavzuga oid