Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:21 / 23.12.2016
19408
1 daqiqa o‘qiladi
Halab butunlay ozod etildi
Foto: AFP
Halab sharqidagi muxolif kuchlarning oxirgi guruhi joylashgan avtobuslar kolonnasi ham hududdan chiqib ketdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi harbiy amaliyotlar shtabiga asoslangan holda xabar bergan.
"Bu oxirgi kolonna. Endi jangarilar Halabni butunlay tark etib bo‘ldi deyish mumkin. Shahar Suriya armiyasi nazoratiga o‘tdi", degan manba.
Bundan oldinroq Livan nashrlari 4ta avtobus va 15ta avtomobildan iborat kolonna Halab sharqidan chiqqani haqida xabar bergandi.