00:16 / 23.12.2016
45999

Donald Trampning qiziga tajovuz qilindi

Foto: Twitter .com/@PoliticcssTop

AQShning yangi prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Trampga samolyotda bir yo‘lovchi tajovuz qildi. Bu haqda AQShning TMZ nashri xabar bermoqda. 

Voqea Ivanka Tramp JetBlue aviakompaniyasi samolyotida o‘z farzandlari bilan o‘rindiqlarni egallaganda yuz bergan. Samolyot Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportdan uchishga shaylanayotgan bo‘lganda Trampning qizi yoniga bir erkak kelib uni va farzandlarini haqoratlay boshlagan. Erkakning aytishicha, Donald Tramp o‘z siyosati bilan AQShga tuzatib bo‘lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, erkak samolyot bortidan tushirib qoldirilgan. 

 

Mavzuga oid
Top