09:33 / 23.12.2016
8283

NASA Sahroi Kabirdagi qor suratlarini taqdim etdi

© Foto: akkaunt Karim Bouchetata v Facebook

NASA Sahroi Kabirda yoqqan qor tasvirlangan suratni taqdim etdi. U mahkamaning Twitter’dagi sahifasida chop etilgan.

" Landsat yo‘ldoshidagi ETM+ (Enhanced Thematic Mapper Plus) uskunasi Afrika shimolida 2016 yilning 19 dekabr kuni yoqqan qorning 7 ta suratini oldi", - ta'kidlangan mahkamada. Fotosuratlarda Marokash va Jazoir chegarasi atrofidagi hududlarni ko‘rish mumkin.

NASA mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, "yo‘ldoshlardan olingan ma'lumotlar tahlili Sahroi Kabir Atlasi  (Jazoir va Marokash tumanlaridan tog‘ tizmalari tizimi) hududida qor yog‘ishi – o‘ta noyob hodisadir".

Eslatib o‘tamiz, Jazoirning Ayn-Sefra shahridagi bunday tabiat hodisasi tasvirlangan fotosuratlar chorshanba kuni tarqalgandi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qor bir kun o‘tib erib ketgan. 

 

Mavzuga oid
Top