Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Trampning g‘alabasiga bizdan boshqa hech kim ishonmagandi
Foto: Google image
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp amerika jamiyati kayfiyatini yaxshi his etdi va bu unga saylovlarda g‘alaba qozonish imkonini berdi. U oxirigacha kurash olib bordi, garchi bizdan boshqa hech kim uning g‘alabasiga ishonmagandi, deb ma'lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama esa mamlakatning sobiq rahbari respublikachi Ronald Reygan uning qancha tarafdorlari RF prezidenti Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlayotganini bilganida “go‘rida tik turardi” deya aytib o‘tdi. U tadqiqot natijalari ham keltirgan – saylovchi-respublikachilarning 37 foizi Putinni qo‘llab-quvvatlamoqda.
“O‘ylashimcha, (Ronald) Reygan uning partiyasi vakillari hamma yerda g‘alaba qozonganidan xursand bo‘lardi. Saylangan prezident uchun ham quvonardi. U jamiyatning kayfiyatini yaxshi his etdi. Garchi, bizdan boshqa hech kim uning g‘alabasiga ishonmagandi”, - dedi Putin katta matbuot anjumanida.
“Amerikalik saylovchilarning ko‘p qismi Rossiya prezidentini qo‘llab-quvvatlayotgani esa amerika xalqining aksariyat qismida dunyo qanday o‘rnatilishi lozimligi haqida aniq tushuncha borligidan dalolat beradi”, - deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Uning ta'kidlashicha, “bizning an'anaviy qadriyatlar borasidagi qarashlarimizni yoqtirayotgan kishilarning borligi juda yaxshi”. “Sababi bu Rossiya va AQSh kabi kuchli mamlakatlar o‘rtasida munosabatlarni yaxshilashga o‘ziga xos ko‘mak beradi”, - deya ma'lum qildi u.
Mavzuga oid
14:26 / 20.12.2025
Putin: AQSh Alyaskada taklif qilgan murosalarga rozi bo‘ldik
09:41 / 20.12.2025
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
07:52 / 20.12.2025
Pentagonning ichki hujjati: Xitoy AQSh dengiz ustunligiga qanday chaqiriq tashlamoqda?
13:32 / 19.12.2025