Putin Ukraina va Xitoy bilan munosabatlar, AQSh yadro quroli hamda muhabbatning nafratga aylanishi haqida

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin har yilgi an'anaviy katta matbuot anjumanida ishtirok etdi. Unda bir qator muhim ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Rossiya va Ukraina munosabatlari baribir qachondir yaxshilanadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Ukraina munosabatlari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. «Ishonchim komilki, bizda Ukraina bilan munosabatlar qachondir baribir yaxshilanadi va izga tushadi», - dedi Putin.
Trampning AQSh yadro quroli haqidagi gaplari haqida
Vladimir Putin AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Vashington yadro kuchini yanada mustahkamlash haqidagi fikrlari haqida ham so‘z yuritdi.
«Qo‘shma Shtatlarning saylangan prezidenti janob Trampga keladigan bo‘lsak, bu yerda hech qanday yangilik yo‘q. U o‘zining saylovoldi kampaniyasida AQSh yadro kuchini, qurolli kuchlarni mustahkamlash haqida gapirgandi. Bu yerda hech qanday noodatiy narsa yo‘q», - dedi prezident.
Sport kishilarni ajratishi emas, birlashtirishi kerak
Putin doping bilan kurash olib borayotgan xalqaro tashkilotlar ishida ochiqlikning muhimligi haqida ma'lum qildi.
«Butunjahon dopingga qarshi agentlik (WADA)? Ularning faoliyatiga baho berishga huquqimiz bor, deb o‘ylamayman. Buni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qilishi kerak.
Ishonchim komilki, istalgan dopingga qarshi agentlik faoliyati shaffof va tekshiruvdan o‘tkaziladigan bo‘lishi kerak. Biz ish natijalaridan xabardor bo‘lishimiz kerak – kimni tekshirishmoqda, qanday usul bilan, natijalar qanday va aybdorlarni jazolash uchun qanday choralar ko‘riladi.
Nimaga bu xuddi mudofaa sohasi kabi yopiq tarzda qilinadi? Bunday sohada ochiqlik kerak», - deya ma'lum qilgan Putin.
«Albatta siyosiy tomonlar ham borligini inobatga olish kerak. Sportga siyosatni aralashtirmaslik shart. U kishilarni ajratishi emas, balki birlashtirish kerak», - qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
Soliqlarimiz dunyodagi eng past bo‘lib qolmoqda
Vladimir Putinning aytishicha, 13 foizlik soliq amalga tatbiq etilgan 2000-yillar boshida ko‘plab ikkilanishlar bo‘lgan, biroq endilikda bu yig‘imlar yetti marotabaga oshgan.
Putinning fikricha, jismoniy shaxslar daromadiga bo‘lgan farqlanuvchi soliqlarga o‘tish maqsadga muvofiq emas.
«Ijtimoiy adolatga boshqa yo‘llar bilan ham erishish mumkin», - dedi u. Prezidentning misol keltirishicha, qimmatbaho mol-mulk va avtomobillarga soliq shular jumlasidan.
Rossiya OPeK bilan ishlashda davom etadi
Rossiya iqtisodiyoti neftga bo‘lgan arzon narxlarga ko‘nikdi, deb ma'lum qildi Vladimir Putin.
«Avval aytganimdek, kelasi yilning byudjyetida bir barrel neftning 40 dollarlik narxi ko‘zda tutilgan. Kelajakdagi narxlarni taxmin qilish murakkab, biroq biz keyingi yilda ular ushbu darajada barqarorlashishiga umid qilmoqdamiz», - dedi u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, OPeK bilan kelishuvlar Rossiyadagi qazib olish hajmiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
«Agarda neft narxlari 10 dollarga oshsa, byudjyet ham, neft kompaniyalari ham bundan faqat yutadi», - qo‘shimcha qilib o‘tdi Putin.
Rossiya AQSh bilan armiyalar kuchi bo‘yicha bahsga kirishmaydi
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya raketa-yadro kuchlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ishni amalga oshirgan.
U Rossiya yadro kuchlari bo‘yicha barcha xalqaro kelishuvlarga ko‘ra harakat qilayotganini aytib o‘tgan.
Shu bilan bir qatorda, Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan kimning armiyasi kuchliroqligi borasida bahslarga kirmaydi.
«To‘g‘risini aytsam, meni amaldagi ma'muriyatning ba'zi bir rasmiy vakillari bayonoti hayron qoldirdi. Ular Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari dunyodagi eng kuchli ekanini isbotlashga kirishib ketishdi. Bu borada hech qanday bahslarga o‘rin yo‘q», - dedi u.
Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, «Biz barcha potensial agressordan kuchliroqmiz».
AQShda demokratlar barcha sohada mag‘lub bo‘ldi
Rossiya yetakchisining ta'kidlashicha, Franklin Ruzvelt o‘z vaqtida millatni birlashtirgan, Oq uyning amaldagi ma'muriyati esa uni ayirmoqda.
Putinning fikricha, Donald Trampga ovoz bermaslikka chaqirish – amerika xalqini ikkiga bo‘lishga urinishdir. Biroq, Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ular bu borada ham mag‘lub bo‘lishgan.
«Biz AQSh Demokratik partiyasi nafaqat prezidentlik saylovlarida, blki Senat, Kongressga saylovlarda ham mag‘lub bo‘lishganini bilamiz. AQShda demokratlar barcha sohalarda mag‘lub bo‘lishmoqda va aybdorlarni chetdan izlashmoqda. Biroq munosib mag‘lub bo‘lishni ham bilish kerak», - qo‘shimcha qilib o‘tdi Putin.
Muhabbat tezda nafratga aylanishi mumkin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumani vaqtida «Muhabbat haqida» yozuvini bo‘lgan baland ko‘tarib o‘tirgan jurnalistga so‘z bermadi.
«Muhabbat nafratga aylanadi - agarda biz ko‘proq o‘tirib qolsak», - dedi u.
Xitoy bilan munosabatlar haqida
Putin Xitoy bilan munosabatlar haqida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Biz «strategik sheriklik» so‘zlariga ko‘nikib qoldik. Biroq Rossiya va Xitoy o‘rtasida so‘nggi yillarda o‘rnatilgan aloqalar - strategik sheriklikdan ancha yuqoridir», - dedi u.
Davlat rahbarining ta'kidlashicha, Rossiya va Xitoy bundan keyin ham hamkorlikni rivojlantiradi. U mamlakatlar kelajakda milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitob qilishga o‘tishidan umid qildi.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy va Rossiyada xalqaro arenada umumiy pozitsiyalar bo‘lib, har ikki davlat o‘rnatilgan munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilishini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid

00:46
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

18:17 / 27.04.2025
Rossiya dengiz piyodalari va Z-blogerlar Kursk oblastida hamon ukrain harbiylari borligini xabar qildi

17:34 / 27.04.2025