20:50 / 23.12.2016
16685

Ronaldu suriyalik bolalarga: Men mashhur futbolchiman, biroq haqiqiy qahramonlar – bu sizsiz

"Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronaldu suriyalik bolalar video-murojaat yo‘lladi. 

"Bu murojaat suriyalik bolalarga atalgan. Sizlar hozir juda qiynalayotganingizni bilamiz. Men mashhur futbolchiman, biroq haqiqiy qahramonlar – bu sizsiz. Umidingizni uzmang. Dunyo siz bilan. Biz siz haqingizda qayg‘uramiz. Men siz bilanman", – dedi futbolchi. 

Save the Children xayriya tashkiloti Ronaldu Halab va Suriyaning boshqa hududlaridagi oilalar uchun kiyim, yegulik va dori-darmon olish uchun saxiy ehson qilganini ma'lum qildi. 

Mavzuga oid
Top