09:17 / 23.12.2016
4830

Tramp Oq uy matbuot kotibligiga munosib nomzodni aniqlab oldi

Foto: © AP Photo/Carolyn Kaster

AQShning bo‘lajak rahbari Donald Tramp Oq uyning yangi ma'muriyati matbuot kotibi lavozimiga o‘zining o‘tish jamoasi a'zosi Shon Spayserni tayinladi.

Bu haqda respublikachi prezidentning bayonotida so‘z yuritilgan. 

Saylangan prezident, shuningdek, Houp Xiksni Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha direktori, Jyeyson Millerni kommunikatsiyalar direktori, Den Skavinoni ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlagan. Shu bilan birga, Tramp ularni o‘z yordamchilari deb e'lon qilgan. 

"Shon, Xoup, Jyeyson va Den mening saylovoldi va o‘tish jamoamda asosiy a'zolar bo‘lishdi", - deya qayd etgan milliarder prezident. 

 

Mavzuga oid
Top