Mirziyoyev dam olish kunlari qaysi avtomobildan foydalanadi?
Qirg‘iziston davlat rahbari Almazbek Atamboyev o‘zining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida yangi Chevrolet Captiva avtomobiliga o‘tirib ko‘rdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari «JV MAN Auto – Uzbekistan» o‘zbek-german qo‘shma korxonasiga tashrif buyurgani haqida avval xabar bergan edik. Bu yerda, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi.
Mazkur zavodda 50dan ortiq turdagi transport vositalaridan yiliga 3 mingdan ortiq ishlab chiqiladi. Ushbu zavodda yig‘ilgan yuk va maxsus avtomobillar Ozarboyjon, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarga eksport qilinadi.
Ko‘rgazma pavilonlarida O‘zbekiston avtosanoatida ishlab chiqiladigan barcha mahsulotlar, xususan, yengil avtomobillar ham namoyish etildi.
«Mashinalar arzon va yaxshi», - degan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avtomobillarni qirg‘iz hamkasbiga namoyish etar ekan.
«So‘nggi to‘rt yilda Bishkekdagi mashinalar soni 4 marta oshdi», - degan Atamboyev bunga javoban.
«Mana bu so‘nggi avlod Nexia, mutlaq yangi», - deya qayd etgan Shavkat Mirziyoyev.
«Chiroyli mashina», - deb aytgan Atamboyev.
«Mana bunisi Chevrolet Malibu. Shanba-yakshanba kunlari o‘zim shunda yuraman. Juda qulay», - deb qayd etgan Shavkat Mirziyoyev, qirg‘izistonlik hamkasbini boshqa bir avtomobil Chevrolet Captiva modeliga o‘tirib ko‘rishni taklif qilgan.
Shundan so‘ng, davlat rahbarlari ikkinchi pavilonga o‘tishdi. Bu yerda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan plastik romlar, xo‘jalik texnikalari, tekstil, gilamlar, dori-darmonlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan edi.
Mirziyoyevning Atamboyev bilan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda qayd etishicha, zavodda O‘zbekiston ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar ko‘rsatilmagan.
«Ko‘p narsani sizning Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelishingizga olib qo‘ydim», - degan Mirziyoyev.
Suratlar manbasi: prezident.kg
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maxsus tribunal 20 nafar rossiyalik amaldor ustidan tergovga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Jahon | 19:16
-
Harvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi
Jahon | 18:37
-
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin
Iqtisodiyot | 18:13
-
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda
Jahon | 17:44
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024