18:53 / 25.12.2016
21908

AQSh yana Xitoydan ortda

2016 yilning 11 oyida butun dunyoda umumiy hisobda 84,5 mln ta avtomobil sotilgan, deb xabar bermoqda "Avtostat".

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,8 foizga ko‘proq bo‘lgan. Noyabrda mashinalarga talab 8,7 foizga oshgan.

Noyabrda avtomobillar eng ko‘p Xitoyda sotilgan – 2 mln 915 ta avtomobil. Bu o‘tgan yil noyabrdagidan 15,6 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. 2-o‘rinni AQSh egallagan (1 mln 377 ming, 4,6 foiz ko‘proq). G‘arbiy Yevropa bozorida 1 mln 241 ming avtomobil sotilgan (5,4 foiz).  

Shuningdek, Yaponiyada 413,4 ming (+7,3 foiz), Janubiy Amerikada 229,6 ming (-3,4 foiz), Janubiy Koreyada 161,9 ming (-0,4 foiz) va Kanadada 160,6 ming (+10,4 foiz) avtomobil sotilgan.

 

Top