15:29 / 25.12.2016
13145

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempionini kaltaklashdi

Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblanadigan Rikardo Mayorga Nikaragua poytaxti Managua shahrida kaltaklandi. Bu haqda Boxingscene xabar bergan.

Sobiq sportchiga noma'lum shaxslar yoqilg‘i quyish shoxobchasida bita bilan qurollangan holda hamla qilishgan. 

43 yoshli sobiq bokschining yuzini qontalash qilgan shaxslar voqea joyidan qochib ketishgan.

2015 yilda Mayorga amerikalik Sheyn Mozliga qarshi oxirgi marta jang o‘tkazgan va nokautga uchragandi. U professional ringda yarim o‘rta va o‘rta vazn toifasida 41 jang o‘tkazgan va 31 g‘alaba (25 nokaut) qayd etgan, 9 marta yutqazgan, bir jangda durang qayd etgandi.

Mavzuga oid
Top