Jahon | 10:06 / 25.12.2016
16390
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Sochidan chiqqanidan keyin yo‘qolgan samolyot Suriyaga uchayotgandi

Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 rusumli samolyoti Suriyaning Lataqiya shahriga uchayotgandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

«Mudofaa vazirligi samolyotining Sochidan chiqqach, radarlardan yo‘qolgan samolyoti dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Suriyaning Lataqiya shahriga yo‘l olgandi», — degan manba.

Bundan oldinroq, Rossiya mudofaa vazirligining Sochidan havoga ko‘tarilgan Tu-154 samolyoti aviadispetcherlar bilan aloqaga chiqmagani ma'ulum bo‘lgandi. Bu samolyot fuqarolik samolyoti emasligi tasdiqlangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid