Toshkentda Mercedes avtobusi yonishi davom etadi

© "Voditeli Tashkenta"
Toshkentda Mercedes rusumli yo‘lovchi avtobusi ishtirokida navbatdagi baxtsiz hodisa yuz berdi.
"Voditeli Tashkenta" guruhida yozilishiga ko‘ra, yong‘in Toshkent metrosining "Habib Abdullayev" bekati yaqinida, Amir Temur shoh ko‘chasi va Shahriston ko‘chasi chorrahasidagi avtobus bekatida sodir bo‘lgan.
91-yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes Benz Conecto avtobusining orqa qismidan avval quyuq qora tutun chiqqan, keyin olov paydo bo‘lgan.
Yo‘lovchilardan hech kim zarar ko‘rmagan. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelib, yong‘inni o‘chirishgan.
Yong‘inning kelib chiqishi sabablari va hodisaning boshqa tafsilotlari ma'lum emas.
Ma'lumot uchun, Toshkentda aynan Mercedes Benz Conecto rusumli yo‘lovchi avtobuslarning yonishi holatlari tez-tez kuzatilib turadi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, 2013 yil martidan 2016 yil qishigacha Toshkentda 14ta avtobus yonib ketgan. Shu yilning fevralida 2ta, iyul oyida yana 2ta, iyun va avgust oylarida esa yana bir martadan avtobus yonishi kuzatildi. Oxirgi marta 14 dekabr kuni yo‘nalishdagi avtobuslardan biri alangalandi.
Bu yong‘inlarda qurbonlar bo‘lmagan. Yong‘inlar haqidagi xabarlarda jabrlanuvchilar haqida axborot berilmagan.
Bunday hodisalar sababi sifatida — avtobuslarning konstruksiyaviy jihatdan mahalliy sharoitga moslashmagani, sifatsiz ehtiyot qismlar ishlatilishi, texnik xizmat sifati pastligi bo‘lishi mumkinligi aytib kelinadi.
Oxirgi holat haqidagi xabarga ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab norozilik fikrlari bildirilmoqda.
Ushbu holat qayta-qayta takrorlanayotganiga qaramay Toshkent shahar yo‘lovchi transporti boshqaruvi tomonidan hech qanday amaliy qadamlar qo‘yilmayotganligi ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
"Avtobuslar kechikib kelib, mo‘ljallangan 60 kishi o‘rniga 150 kishini tiqishtirib oladi. Buning natijasida motor zo‘riqib ishlaydi. Agar avtobuslar vaqtida kelganda bunday muammo bo‘lmasdi", — degan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
Ijtimoiy tarmoqlardagilar poytaxt avtoparklarini yoppasiga tekshiruv vaqti kelganini aytishmoqda. Avtobuslarning texnik holatini, ularga texnik xizmat ko‘rsatish sifatini, ehtiyot qismlar yetkazib berish tizimi va avtoparklar faoliyatning boshqa jihatlarini sinchiklab tekshirib, mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf qilish kerakligi aytilgan.
Mavzuga oid

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

20:10 / 25.03.2025
Mercedes o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shaydigan xodimlariga 500 ming yevrogacha pul taklif qilmoqda

07:35 / 29.07.2024
Mercedes poygachisi Belgiya Gran-prisida g‘alaba qozonganidan so‘ng diskvalifikatsiya qilindi

13:55 / 07.01.2024