Jahon | 10:33 / 25.12.2016
17242
1 daqiqa o‘qiladi

Tu-154 qulagan taxminiy joy ma'lum qilindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Krasnodar o‘lkasidagi tog‘lar ustida qulagan. Bu haqda RIA Novosti harbiy manbasiga asoslanib xabar berdi.

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Moskvadan uchib, Sochida yoqilg‘i quyish uchun to‘xtab o‘tgan Tu-154 samolyoti Rossiya hududidan chiqib ketmagan. U Krasnodar o‘lkasidagi tog‘larga qulagan bo‘lishi mumkin», — degan manba.

Samolyot Sochidan Moskva vaqti bilan soat 5:20da Suriyaning Lataqiya shahriga yo‘l olgan va 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qolgan.

Uning bortida dastlab 70 harbiy bo‘lgani aytilgandi. Keyinroq, samolyotda jami 91 kishi bo‘lgani ma'lum qilindi. Ular ekipajning 8 a'zosi hamda asosiy qismi musiqachilar va jurnalistlardan iborat yo‘lovchilar.

Mavzuga oid