10:49 / 26.12.2016
15845

AQShda mushuk o‘z yungi og‘irligi ostida jon berishiga bir bahya qoldi

Foto: MIGnews.com.ua

AQShning Pittsburg shahrida mushuk o‘z yungining og‘irligidan jon berishiga bir bahya qoldi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda. 

Xaydi ismli bu mushukning egasi Altsgeymer kasaliga uchragan keksa erkak bo‘lgan. U mushugini tegishlicha parvarishlay olmagan. Mushukning yunglari o‘sib ketib, u bir kilogramm keladigan katta yung tutamlaridan aziyat chekkan.  

Erkak qariyalar uyiga jo‘natilgandan keyin, mushukni ijtimoiy xizmat xodimlari topib olishgan.

Mushukning tanasidagi ortiqcha yung unga og‘riq bergan. Mushuk juda qo‘rqqan holatda bo‘lgan, shuning uchun uning yunglarini olib tashlash uchun anesteziya qo‘llashga to‘g‘ri kelgan.

Agarda ijtimoiy xizmat xodimlari va veterinarlar mushukka o‘z vaqtida yordam bermaganlarida, u o‘lib qolishi mumkin edi.

Biroq mushuk hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda. Mushuk uni topib olgan ijtimoiy xizmat xodiminikida yashamoqda. 

 

Mavzuga oid
Top