17:25 / 26.12.2016
6271

APL, 18-tur anonsi. Manchesterliklar autsayderlarga qarshi va boshqa qiziqarli uchrashuvlar

26 dekabr kuni Angliya premer ligasining 18-turiga start beriladi. Tribuna.uz sizni sayti ushbu turning anonsi bilan tanishtiradi.

Turning markaziy o‘yinida “Sauthempton” o‘z uyida “Tottenhem”ga qarshi kurashadi. Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinda “Tottenhem” o‘z uyida “Sauthempton”ga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, biroq ushbu turdagi raqibiga safar o‘yinlarida so‘nggi bor 2005 yilda mag‘lub bo‘lgan.

Musobaqa peshqadami esa o‘z maydonida jadvalning markazida borayotgan “Bornmut”ni qabul qiladi. Joriy mavsumda faqatgina ikki marotaba mag‘lubiyatga uchragan Konte shogirdlari so‘nggi bor sentabrda “Arsenal”ga taslim bo‘lishgan edi. O‘z navbatida “Bornmut” esa mavsum boshidan beri 6ta g‘alaba, 3ta durang va 8ta mag‘lubiyat qayd etgan.

4-o‘rinni yoqtirishidan tashqari, jarohatlangan futbolchilarning ko‘pligi bilan ajralib turadigan “Arsenal” o‘z uyida “Vest Bromvich”ni qabul qiladi. Mezbonlar lazaretida Akpom, Debyushi, Kasorla, Mertesaker, Mustafi, Chemberlen hamda Remzi bor. Mehmonlar tarkibida esa Evans, Morrison hamda Beraxino uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

O‘z uyida “Sanderlend”ni qabul qiladigan “Manchester Yunayted”ni yevrokuboklarga yo‘llanma beradigan o‘rindan 3 ochko ajratib turibdi. Jamoa bu turda g‘alabaga erishadigan bo‘lsa, bu turda qiyin raqibga duch kelgan “Tottenhem” bilan tenglashib olishi mumkin.

Manchesterning yana biri klubi “Manchester Siti” esa musobaqa jadvalining eng quyi qismida borayotgan “Hall”ga qarshi o‘ynaydi. So‘nggi 5ta turda 2 bor mag‘lubiyatga uchragan “shaharliklar” “Liverpul”dan 1 ochko kam to‘plagan holda, 3-o‘rinda bormoqda. Mehmonlar tarkibida bugungi o‘yinni diskvalifikatsiya tufayli Serxio Aguero o‘tkazib yubordi, shuningdek, Gundo‘g‘an, Delf, Kompani va Sabaleta ham jarohat sababli jamoasi yordam bera olmasligi mumkin.

Hozirda “Chelsi”ning eng yaqin ta'qibchisi bo‘lgan “Liverpul” o‘z uyida “Stok Siti”ga qarshi maydonga tushadi. Mezbonlar “Stok Siti”ga qarshi so‘nggi 5ta o‘yinda 3ta g‘alaba hamda 2 mag‘lubiyat qayd etishgan.

 

APL, 18-tur. 

Uotford – Kristal Pelas (Match! Futbol 1)

26 dekabrya, 17.30, «Vikaredj Roud»

Suonsi – Vest Hem

26 dekabrya, 20.00, «Liberti Stedium»

Bernli – Midlsbro

26 dekabrya, 20.00, «Terf Mur»

Arsenal – Vest Bromvich (Match! Futbol 2)

26 dekabrya, 20.00, «Emireyts»

Manchester Yunayted – Sanderlend (Match! Futbol 3)

26 dekabrya, 20.00, «Old Trafford»

Chelsi – Bornmut (Match! Futbol 1)

26 dekabrya, 20.00, «Stemford Bridj»

Lester – Everton (Match! Arena)

26 dekabrya, 20.00, «King Pauer»

Hall – Manchester Siti (Match! Futbol 1)

26 dekabrya, 22.15, «Key Si Stedium»

Liverpul – Stok Siti (Match! Futbol 1)

27 dekabrya, 22.15, «Enfild»

Sauthempton – Tottenhem (Match TV)

29 dekabrya, 00.45, «Sent-Meris»

Top