21:53 / 27.12.2016
11217

Genrix Mxitaryan "Sanderlend" darvozasiga ajoyib gol kiritdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Genrix Mxitaryan APLning 18-turida "Sanderlend"ga qarshi o‘yinda ajoyib golga mualliflik qildi. 

O‘yinning 86-daqiqasida o‘ng qanotdan Zlatan Ibrahimovich yetkazib bergan to‘pni Mxitaryan shvetsiyalik hujumchiga xos tarzda darvozaga joyladi. 

Genrix "Sanderlend"ga qarshi maydonga ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida tushdi va 31 daqiqa ichida 3ta xavfli vaziyat, 2ta kross, 2ta zarba hamda 1ta ajoyib golga mualliflik qildi. 

Top