12:04 / 27.12.2016
8759

Ibrahimovich 2016 yildagi gollari soni bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi

"Manchester Yunayted" futbolchisi Zlatan Ibrahimovich APLning 18-turida "Sanderlend"ga qarshi kechgan o‘yinda gol kiritib, 2016 yildagi gollari sonini 50taga yetkazdi. Bu borada shvetsiyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi, deb yozmoqda Tribuna.uz

Zlatan Ibrahimovich 2016 yilning yozida "PSJ"dan "MYu"ga erkin agent sifatida o‘tgan edi. "MYu" safida hujumchi 12ta gol va 1ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Ma'lumot uchun, 2016 yilning eng yaxshi to‘purari "Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi bo‘lgan. Futbolchi joriy yilda 51ta golga mualliflik qilgan. 

Top