14:07 / 27.12.2016
18369

Qamoqdan qochish: AQShda mahbuslar hojatxona orqali izsiz g‘oyib bo‘lishdi

AQShning Tennessi shtatida olti mahbus qamoqxona hojatxonasidagi teshik orqali qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Qochish 25 dekabr - Rojdestvo kuni erta tongda amalga oshirilgan. Mahkumlar boltlari zanglab ketgan unitazni chiqarib olishdi. Shundan so‘ng uning ostidagi beton teshildi. Xabar qilinishicha, beton avvalgi ta'mirlash ishlaridan so‘ng zarar ko‘rgan.

Mahbuslar emaklagan holda qamoqxonadan chiqib, qochib ketishgan. Ayni damda jinoyatchilarning besh nafari qo‘lga tushirildi, bittasi esa hali-hamon erkinlikda yuribdi.

Top