17:34 / 27.12.2016
5410

Saudiya Arabistoni xususiy sektorni rag‘batlantirishga kirishdi

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni 2020 yilga muvazanatli byudjyet  rejasini ishlab chiqdi. Bu haqida Bloomberg xabar berdi. 

Mazkur reja doirasida mamlakat 200 milliard real (53,3 milliard dollar)ni xususiy sektorni rag‘batlantirishga yo‘naltiradi. 

Unga ko‘ra, mamlakatda iqtisodiy barqarorlik, xususiy sektordagi bandlik va real iste'mol ko‘rsatkichlari pasaymoqda. Yo‘naltirilgan mablag‘lar "xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlovchi investitsion kapital" bo‘lishi kerak. Pullar energiya va suv resurslaridan foydalanish darajasi yuqori bo‘lgan kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. 

Bundan tashqari, 2017 yilda Saudiya Arabistoni "ekspatlar"ga nisbatan soliq joriy etadi. Shuningdek hukumat xorijiy ishchilari soni saudiyaliklar sonidan ko‘p bo‘lgan ish beruvchilar to‘laydigan soliqni oshirmoqchi. 

 

Top