Bugungi kunda hayotimizda juda ham köplab özgarişlar, yangilanişlar sodir bölmoqda. Fuqarolar manfaati közlangan köplab qonunlar qabul qilinişi davom etmoqda.
Biroq, ayni kundagi ba'zi bir mansabdor şaxslarning loqaydligi kişini hayron qoldiradi. Xususan, 27 dekabr kuni Kun.uz sayti bir neça bor işlamay qoldi. Bunga elektr ta'minotidagi uzilişlar sabab böldi.
Tahririyatimiz bir neça bor mutasaddi taşkilotlar bilan boğlanişga urinib kördi. Natijada sansalorlikka duç kelindi – ya'ni bir amaldor şaxsga qönğiroq qilsak, u boşqa birini bizga rökaç qilişdan böşamadi. Yakunda taşkilotning mas'ul şaxslaridan biri bizga bir soat içida hammasi izga tuşişi borasida va'da berdi.
Ma'lumotlarga köra, Toşkent şahrining Mirzo-Uluğbek tumanidagi ba'zi bir mavzelarda elektr ta'minoti bir neça soat davomida bölmagan. Bu holat oddiy fuqarolarga naqadar qiyinçilik tuğdirişi haqida gapirmasa ham böladi. Eng qiziq tomoni şundaki, bu holatlarga özimiz ham könikib qoldik.
Uşbu masala yuzasidan biz boğlangan mutasaddi taşkilotdagi telefon operatori Mirzo-Uluğbek tumanidagi elektr nimstansiyalaridan birida avariya bölgani haqida xabar berdi. Texnika bilan boğliq vaziyatlarda turli kutilmagan holatlar yuz berişi tabiiy hol. Ammo sönggi vaqtlarda şu avariyalar soni haddan taşqari ortib ketmadimikan?
Bundan taşqari, biz bilan aloqaga çiqqan operatorning ta'kidlaşiça, Toşkent şahrining har bir tumanida qişki kunlarda bir haftada ikki bora ikki soatga elektr ta'minotini öçirib qöyişga ham buyruq berilgan ekan.
Albatta, iş bor joyda kamçilik ham bölişi tabiiy bir hol. Ammo hamma rahbar kadrlar ham murojaatlarga quloq tutib, uni tezkorlik bilan bartaraf etişi şart. Zero, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida aholi murojaatlari bilan işlaşda sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga ötiş zarurligi ta'kidlandi. Bu borada birinçi navbatda rahbarlar – bu vazirlik va idoralar rahbarlari böladimi, viloyat, şahar, tuman hokimlari böladimi – barçasi öz zimmasiga katta mas'uliyat yuklatilganini unutmasligi lozim.
Davlatimiz rahbari 2017 yilning mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e'lon qilingani munosabati bilan bu borada mahalliy hokimlik va boşqaruv organlari oldida turgan vazifalarga alohida e'tibor qaratdi. Rahbarlarning xalq içiga kirib, aholi bilan samimiy muloqot qilişi, ularning dardu taşvişlarini tinglab, muammolarga yeçim topişi xalqimizning davlatdan rozi bölişi va turmuşi farovonligiga xizmat qilişi ta'kidlandi.

















