11:36 / 27.12.2016
36353

O‘zbekistonliklar davlat organlaridagi korrupsiya haqida gapirib berishlari mumkin 

Foto: interfax

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi barcha o‘zbekistonliklarga davlat organlaridagi korrupsiya bilan to‘qnash kelganliklari yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishni taklif qildi.

Barcha istovchilar 20-30 dekabr kunlari 7 savoldan iborat so‘rovda ishtirok etishi va davlat organlari hamda alohida amaldorlar bilan muloqot davomida vujudga kelgan muammolar haqida gapirib berishi mumkin.

Bundan ko‘zlangan maqsad – davlat statistikasi organlaridagi korrupsiya darajasini tushunish va u bilan kurash usulini topishdir.

Davlat statistika qo‘mitasi savollarga maksimal darajada rost va samimiy javob qaytarishni so‘ragan. Shu bilan bir qatorda, qatnashuvchining shaxsiy ma'lumotlari oshkor etilmaydi.

Top