08:51 / 28.12.2016
6693

Hindistonda 14 vagon relslardan chiqib ketdi

Foto: timesofindia.indiatimes.com

Hindistonning Kanpur shahridan 50 kilometr uzoqlikda Ajmerga yo‘l olgan poyezdning 14 vagoni relslardan chiqib ketdi. Buning oqibatida 40 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi Times of India.

Hodisa temir yo‘lining ushbu qismida poyezdlar qatnovini izdan chiqardi. Hukumatning xabar berishicha, taxminan 40 kishi jarohat olgan. Nashr manbasining ma'lum qilishicha, halokat sabablari noma'lum. 

Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

 

Top