20:18 / 28.12.2016
22975

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari hibsga olindi

Qozog‘istonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi bir qator mansabdor shaxslarga nisbatan sudgacha tergovni boshladi, deb xabar bermoqda Tengrinews nashri.

"Qozog‘iston Jinoyat kodeksining "Davlat sirlarini oshkor qilish" hamda "Hokimiyat va lavozim vakolatlarini suiste'mol qilish" moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinib Dutbayev Nartay Nurtayevich, Hasan Nurlan Bo‘lato‘li va Nurtayev Yerlan Suyumbayevich hibsga olingan", deb aytilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda ular Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatorida saqlanmoqdalar. Gumonlanuvchilar va ularning qarindoshlari yashash joylarida tintuvlar o‘tkazilgan hamda ashyoviy dalillar musodara qilingan. Tergov davom etmoqda.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi saytidagi ma'lumotlarga ko‘ra, general-leytenant Nartay Dutbayev 2001 yil dekabridan 2006 yil fevraligacha qo‘mita rahbari lavozimini egallagan. 

 

Mavzuga oid
Top