Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) eng yaxshi pleymeykerlar ro‘yxatini e'lon qildi. 2016 yilning eng yaxshi pleymeykeri deb "Barselona" hujumchisi Lionel Messi topildi. U 172 ochko to‘pladi. Ikkinchi o‘rin ham kataloniyaliklar a'zosi Andres Inestaga nasib qildi. 3-pog‘onaga "Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos munosib ko‘rildi.
2016 yilning eng yaxshi pleymeykerlari
1. Lionel Messi (Argentina / «Barselona») 172 ochko
2. Andres Inesta (Ispaniya / «Barselona») 66
3. Toni Kroos (Germaniya / «Real») 45
4. Mesut O‘zil (Germaniya / «Arsenal») 39
5. Riyoz Mahrez (Jazoir / «Lester Siti») 36
6. Luka Modrich (Xorvatiya / «Real») 36
7. Kevin De Bryoyne (Belgiya / «Manchester Siti») 31
8. Pol Pogba (Fransiya / «Yuventus» / «Manchester Yunayted») 26
9. Eden Azar (Belgiya / «Chelsi») 14
10. Dimitri Payyet (Fransiya / «Vest Hem») 8
11. David Silva (Ispaniya / «Manchester Siti») 5
12. Neymar (Braziliya / «Barselona») 3
13. Marek Hamshik (Slovakiya / «Napoli») 3
14. Tyago Alkantara (Ispaniya / «Bavariya») 1
15. Haver Pastore (Argentina / «PSJ») 1.