08:17 / 29.12.2016
10048

Aktrisa Kerri Fisherning onasi ham qizining o‘limidan bir kun o‘tib vafot etdi

Foto: tmz.com

Amerikalik aktrisa, «Yulduzlar jangi» kino epopeyasidagi malika Leya Organ roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Kerri Fisherning onasi, amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Debbi Reynolds 84 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng, hayot bilan vidolashgan, deb yozmoqda TMZ.

«Bu rost. U hozir Kerri bilan», — degan uning o‘g‘li Todd Fisher.

Avvalroq, Debbi Reynolds insultda gumon qilinib Los-Anjyeles shifoxonasiga yotqizilgan edi. 

Reynolds komediya janridagi filmlarda ijro etgan rollari bilan ko‘proq dong taratgan. Ularning eng mashhuri «Singin' in the Rain» (yomg‘irda kuylovchi) myuzikli bo‘lib, unda bosh rollardan birini ijro etgan. 

 

Top