15:24 / 29.12.2016
3990

Xitoylik xayriyaparvar neyrobiologiya rivojiga 115 million dollar ajratdi

Xitoylik millioner Chen Tiyankyao AQShdagi Kaliforniya texnologiya institutiga 115 million dollar o‘tkazdi. Pullarni neyrobiologiya rivojiga sarflash rejalashtirilmoqda. Bu haqida universityworldnews.com saytida ma'lum qilindi. 

Chen Tiyankyao va uning turmush o‘rtog‘i Krissi Luo tomonidan ajratilgan pullarga AQShda Kaliforniya instituti shafeligi ostida Neyrobiologiya institutini ochish rejalashtirilmoqda. Institutga xayriyaparvarning nomi beriladi. 

Chen Tiyankyao Shanda Group investitsion kompaniyasini boshqaradi, uning onlayn-o‘yinlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasi yirik xalqaro investitsion guruhga aylandi. Millionerning so‘zlariga ko‘ra, geyming sanoatidagi tajriba unga va turmush o‘rtog‘iga zamonaviy texnologiyalarning inson fikr-mulohazalari va xatti-harakatlariga qanday ta'sir ko‘rsatayotganiga shaxsan guvoh bo‘lish imkonini bergan. 

"Biz inson miya faoliyatining o‘rganilishi texnologiyaning taraqqiy etishiga olib keladi, deb hisoblaymiz. Bu robototexnika va virtual reallikning rivojlanishiga olib keladi", - deydi Chen Tiyankyao.

Xayriyaparvar shuningdek neyrobiologiyani o‘rganishga qo‘shgan hissasi qarish va xatti-harakatlardagi ortga chekinish muammolarini hal qilish imkonini berishini ta'kidladi. 

Top