12:54 / 29.12.2016
11637

Luis Enrike ketganidan so‘ng «Barselona»ni kim boshqarishi mumkinligi ma'lum bo‘ldi

Bilbaoning «Atletik» futbol klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Luis Enrike «Barselona»ni tark etadigan bo‘lsa jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda

Enrikening amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi va 46 yoshli mutaxassis uni uzaytirish borasida bir qarorga kelmagan.

Valverdening «Atletik» bilan kelishuvi esa mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. U o‘yinchilik vaqtida kataloniyaliklar safida 1988-1990 yillarda to‘p surgan.

Top