23:54 / 30.12.2016
9463

Yangi Infiniti QX50 kontsepti oshkor qilindi

Foto:motor.ru

Keyingi avloddagi Infiniti QX50 krossoveri kontsepti suratlari paydo bo‘ldi. Kontsept 2017 yilda Detroytdagi avtoshouda ilk marotaba namoyish qilinadi. 

Suratlarga ko‘ra, yangi mashina Pekin avtosalonida ko‘rsatilgan Infiniti QX Sport Inspiration prototipiga o‘xshaydi. Ikki mashina o‘rtasidagi sezilarli farqlar sifatida faqatgina ularning orqa qismi bezalishini aytish mumkin: QX50’da chiroqlar ostida dekorativ "oyquloqlar" paydo bo‘lgan.

Shu bilan birga mashinalar osma elementlar bezalishi va chiroqlari konfiguratsiyasida biroz farqqa ega. Shuningdek, yangi modelda yon oynalar ramkasi paydo bo‘lgan.

Keyingi avloddagi QX50 kontsepti haqida boshqa ma'lumot yo‘q. Taxmin qilinishicha, mashinaning seriyali versiyasi motor gammasiga 270 ot kuchiga ega 2 litrli turbomotor va 3 litrli, 6 silindrli ikki turbinali motor kiradi. 

 

Mavzuga oid
Top