
Assalomu alaykum, sizlarni Yangi yil bilan tabriklaymiz!
Mahsulotlarimizni ushbu sehrli bayram arafasida taqdim etayotganimizdan xursandmiz. O‘ylaymizki, sifatli sut mahsulotlarimiz Yangi yil uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.
Essi brendi haqida

Kompaniyamiz 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilda Essi brendini ishlab chiqdik.
Bugungi kunda kefir, biokefir, qatiq, tvorog, smetana, qaymoq, ryajyenka, pishloq, ichimli yogurt hamda tabiiy mevali yogurtlar kabi 30 xil mahsulotlarimizni Toshkent shahri va viloyatidagi supermarketlardan xarid qilishingiz mumkin.
Ishlab chiqarish texnologiyasi haqida

Sifatli sut mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida Yevropa standartlariga mos keluvchi uskunalarni Italiya va Gretsiyadan xarid qildik.
Sifatni doimiy nazorat qilish uchun ishlab chiqarish jarayonini to‘liq avtomatlashtirdik.
Mahsulotning tabiiyligini saqlangan holda iste'molchilarga yetkazish maqsadida doimiy logistik omborxona xo‘jaliklarini tashkil etdik.
Esda qolarli dizayn haqida

Brendimiz yaratilishida uning esda qolarli bo‘lishi va boshqalardan farq qilishi muhim edi.
Shu bois Essi mahsulotlari o‘ziga xos, unikal o‘ram va ranglarda taqdim etildi. Bu esa bizning mahsulotlarimizni boshqalardan tezda farqlashingizda yordam beradi.
Mahsulot haqida

Mahsulotlarimiz probiotik mikroorganizmlarning tirik madaniyatini o‘zida aks ettiradi. Bu esa iste'molchilarning sog‘lig‘iga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.








