Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatdagi urush barcha terrorchilar yo‘q qilinmagunga qadar to‘xtamasligini ma'lum qildi. Bu haqda Tgcom24 xabar bermoqda.
«Suriyadagi urush barcha terrorchilar yo‘q qilingach, tugaydi. Biroq, ming afsuski, terrorchilar boshqa davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ular orasida Turkiya, Qatar, Saudiya Arabiston va ko‘plab g‘arb mamlakatlari bor», - dedi Asad.
Prezidentning ta'kidlashicha, terrorchilarning Halabdagi mag‘lubiyati «urush tugashiga qo‘yilgan muhim qadamdir». Uning qo‘shimcha qilishicha, muammoni hal qilishda mojarodagi barcha tomonlar «bir-birlarini kechirishlari lozim».











