Isroil startap-vizalar berishini e'lon qildi
Isroil innovatsiyalar boshqarmasi "Innovatsion vizalar" dasturi boshlanishini e'lon qildi. Bu dastur tadbirkorlarga Isroilda yashash va loyihaning moliyaviy ko‘magini olishga imkon beradi. Bu haqda Times of Israel xabar bermoqda.
Tadbirkorlar Isroilda 24 oy davomida yashashlari va davlat dasturi doirasida moliyaviy ko‘mak olishlari mumkin bo‘ladi. Mamlakat hukumati g‘oya yoki tayyor biznes-reja bosqichida turgan loyihalarga 200 ming shekel (52 ming dollar) investitsiya qilishga va'da bermoqda.
Startap muvaffaqiyatli yaratilib, rivojlantirilsa, uning yaratuvchilariga "mutaxassis vizasi" berishni ma'qullash rejalashtirilmoqda. Bu viza tadbirkorlarga yana 5 yil mamlakatda qolishga ijozat beradi.
"Bu dastur mamlakatga butun dunyodan yetakchi tadbirkorlarni ularning bilimlari, tajribalari va novatorlik g‘oyalari bilan jalb qilishi kerak. Biz Isroilning innovatsiyalar va tadbirkorlik sohasidagi jahon yetakchisi sifatidagi pozitsiyalarini mustahkamlashimiz mumkin bo‘ladi", deb aytdi Isroil iqtisodiyot vazirligi va Isroil innovatsiyalar boshqarmasi rahbari Avi Xasson.
2016 yil avgustda AQSh prezidenti ma'muriyati xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda ko‘proq qolishga imkon beruvchi qonun loyihasini taqdim qilgandi. Unga ko‘ra, xorijlik mamlakatda yashashga tegishli ruxsatni olishi uchun AQShda yaratilgan startapning kamida 15 foiziga egalik qilishi kerak.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024