Rossiyalik diplomatlarga AQShni tark etish sharti qo‘yildi
Rossiyalik diplomatlarga AQShni tark etish uchun 72 soat beriladi, deb ma'lum qildi Reuters axborot agentligi. Bu haqda anonim qolish sharti bilan amerikalik amaldor ma'lum qildi.
Uning aytishicha, bu chora AQShdagi 35 nafar rossiyalik diplomatga tatbiq qilinadi.
Keyinroq AQSh Davlat departamenti bu xabarni tasdiqladi.
"Davlat departamenti bugun diplomatik yoki konsullik maqomlariga nomuvofiq holda harakat qilgan, AQShda ishlovchi 35 rossiyalik amaldorni persona non grata deb e'lon qildi", deb aytdi Davlat departamenti vakili Mark Toner.
Xabarda aytilishicha, bu choralar Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuviga va amerikalik diplomatlarning xorijda taqib qilinishiga javob tariqasida kiritilgan.
"Bu taqib qilishlar politsiya tomonidan sababsiz to‘xtatish, jismoniy zo‘ravonlik qo‘llash, davlat televideniyesida xodimlarimiz haqida shaxsiy ma'lumotlarning ko‘rsatilishi kabi harakatlarni o‘z ichiga olgan. Bu ularni xavf ostiga qo‘ygan", deb aytildi xabarda.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024