00:53 / 30.12.2016
12127

Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi takroran o‘qqa tutildi

Foto: RIA

Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi takroran o‘qqa tutildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilingan.
   
"29 dekabrning ikkinchi yarmida Damashq yaqinidagi, jangarilar tomonidan nazorat qilinuvchi hududdan otilgan mina Rossiya elchixonasining konsullik bo‘limi yoniga tushgan", deb aytdi tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova. 

Ta'kidlanishicha, mina elchixona binosiga arzimas shikast yetkazgan. Jabrlanganlar yo‘q.

"Rossiya elchixonasiga navbatdagi hujum yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan hisoblanadi va qat'iy qoralashga loyiqdir. Ekstremistlarning Suriyada jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibini ta'minlashga sa'y-harakatlarga putur yetkazishga urinishlari oldi olinishi kerak", deb aytgan Zaxarova.

 

Mavzuga oid
Top