11:56 / 01.01.2017
6535

BMTning yangi bosh kotibi xalqlarni tinchlik uchun kurashga chaqirdi

Bugun BMTning yangi bosh kotibi sifatida rasman ish boshlagan Antoniu Guterrish o‘zining ilk nutqida xalqlarni va hukumatlarni tinchlik uchun kurash olib borishga chaqirdi.

TASS ma'lumotiga ko‘ra, Guterrishning bayonoti 7 tilda tarqatilgan. Bosh kotib lavozimidagi ilk kunidanoq o‘zini bir qator savollar behalovat qilayotgani haqida gapirgan. U qurolli nizolar hududida qamalda qolayotgan insonlarga qanday yordam ko‘rsatish mumkinligi haqida o‘ylamoqda. U shuningdek, butun dunyoga tahdid solayotgan global terror haqida qayd etib o‘tgan.

Shu tufayli Guterrish butun dunyo hamjamiyatini tinchlik uchun kurashishga chaqirdi.

«Bizning maqsadimiz tinchlikka erishish bo‘lishi kerak. Men barchani bugun va har kuni tinchlik uchun kurash olib borishga chaqiraman. Keling, 2017 yilni tinch yil qilaylik», — degan u.

Top