16:49 / 01.01.2017
29776

Erdo‘g‘an terrorchilar Istanbuldagi terakt orqali nimani ko‘zlagani haqida gapirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi tungi klubga uyushtirilgan hujum bo‘yicha bayonot berdi. U terrorchilarning maqsadi Turkiyadagi vaziyatni izdan chiqarib, mamlakatda xaosni yuzaga keltirish maqsadida ekani haqida gapirgan.

«Ular (terrorchilar. — Kun) xaosni yuzaga keltirmoqchi, ular bizni yengmoqchi, ular bizning ruhimizni sindirmoqchi», — degan Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya terrorizmga qarshi kurashni davom ettiradi va mamlakat fuqarolari xavfsizligini ta'minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Erdo‘g‘an Anqaradagilar «Turkiyada turli guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan hujumlar mintaqadagi vaziyat tufayli ekanini yaxshi tushunishi» haqida qo‘shimcha qilgan.

Bundan oldinroq Turkiya IIV rahbari Sulaymon So‘ylu tungi klubga qilingan hujum oqibatida halok bo‘lgan 39 kishidan 21 kishining shaxsi aniqlangani haqida ma'lum qilgandi.

1 yanvar kuniga o‘tar kechasi Istanbuldagi Reina klubida Yangi yil oqshomi o‘tkazilayotgan vaqtda Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi hududga bostirib kirib, chor atrofga o‘t socha boshlagan. Politsiyachilar uni yo‘q qilishgan. Hujum vaqtida bino hududida 800 nafarga yaqin kishi bor edi.

Top