10:33 / 01.01.2017
13525

Istanbulda tungi klubga hujum qilgan terrorchi yo‘q qilingan

2017 yilning birinchi kuniga o‘tar kechasi Istanbuldagi tungi klubga qurolli hujum uyushtirgan terrorchi maxsus xizmat xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgan. Bu haqda Turkiya hukumatidagi manbaga asoslangan holda Guardian gazetasi xabar yozgan.

Voqea joyidagi nashr muxbiri politsiyachilar klub joylashgan hududdagi xavfsizlikni nazoratga olishganini aytgan.

Shahardagi Reina klubiga Yangi yil bayrami nishonlanayotgan vaqtda hujum uyushtirilgan. Xabarlarga ko‘ra, hujum Santa-Klaus kiyimidagi terrorchi tomonidan uyushtirilgan. U Kalashnikov avtomatidan chor atrofga o‘t sochgan.

Shahar gubernatori Vasip Shahin hujum oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani va 40 kishi jarohatlangani haqida aytgan.

Reina klubi Beshiktosh tumanida, Turkiyaning Osiyo qit'asidagi qismini Yevropadagi qism bilan bog‘lab turuvchi Bosfor bo‘g‘ozi ustidan o‘tgan ko‘prik yaqinida joylashgan.

Mavzuga oid
Top