17:16 / 01.01.2017
6742

Merkel, Olland va Putin Istanbuldagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland Istanbuldagi tungi klubda sodir bo‘lgan terakt munosabati bilan Turkiya rahbariga hamdardlik izhor qildi.

Angela Merkel bu hujumni noinsoniy harakat sifatida baholagan.

Yelisey saroyi saytida ma'lum qilinishicha esa, Fransua Olland Turkiya halqi bilan hamdardligini ifodalagan.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham turkiyalik hamkasbiga hamdardlik yo‘llagan. U Rossiya terrorizmga qarshi kurashda Turkiyaning eng yaqin hamkori bo‘lib qolishini ta'kidlagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yangi yil bayrami vaqtida tungi klubga terrorchi bostirib kirib, atrofga o‘t sochishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 39 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid
Top