20:19 / 01.01.2017
19202

Neymar kelgusida qaysi jamoa uchun o‘ynashni istashi haqida aytdi

"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Neymar kelajakda vataniga qaytishi mumkinligini istisno etmadi.

Kataloniyaliklar klubiga 2013 yilda Braziliyaning "Santos" klubidan kelib qo‘shilgan va ayni vaqtda 24 yoshda bo‘lgan bu futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.

U ta'til vaqtida "Shapekoense" jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan xayriya uchrashuvida ishtirok etdi hamda "Marakana" o‘yingohida mahalliy jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Men "Flamengo" safida o‘ynashni istarmidim? Men uchun "Marakana"da muxlislarni quvontirish katta sharaf bo‘ladi. Men bu yerda har kuni o‘ynashga tayyorman. "Flamengo" — men kelgusida libosini kiyib o‘ynashni istaydigan klub", degan futbolchi.

"Marakana" o‘yingohi Braziliya terma jamoasi bilan birgalikda Rio-da-Janeyrodagi "Flamengo" va "Fluminense" jamoalarining uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadion hisoblanadi.

Top