Manba: O‘zbekiston Turkiyadagi terakt ijrochisi haqida ma'lumotga ega emas

Foto: AFP
O‘zbekiston maxsus xizmatlari hozircha Turkiyadan Istanbuldagi terakt ijrochiligida gumon qilinayotgan shaxs haqida ma'lumotlar olmagan. Bu haqda RIA Novosti respublika huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslangan holda xabar berdi.
Dushanba kuni CNN Turk telekanali IShIDga aloqador O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi Istanbuldagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgani haqida xabar tarqatgandi.
"Hozircha Turkiya tomonidan bu borada hujjatlar kelib tushmadi. Qachonki shunday ma'lumot yuborilsa, O‘zbekiston tomoni bu borada tegishli ishlarni amalga oshiradi", — degan agentlik suhbatdoshi.
Berilayotgan xabarlarga ko‘ra, 28-31 dekabr kunlari Turkiya politsiyasi mamlakatning turli shaharlarida IShIDga aloqador 63 jangarini qo‘lga olgan. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasida ushbu hujumga O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida ma'lumot olingan.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvarga o‘tar kechasi Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum amalga oshirilgan edi. Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi klubni qo‘riqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi bo‘lgan klub binosiga kirib borib, odamlarni o‘qqa tutgan.
Turkiya IIV ma'lumotiga ko‘ra, terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan. Qurbonlarning 24 nafari xorijlik edi.
Hujumni uyushtirgan terrorchi esa qidirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Bolgariya mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitim imzolashi mumkin
O‘zbekiston | 12:44
-
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
Jahon | 12:23
-
17 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:07
-
Dehqonlarga issiq havoda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi
O‘zbekiston | 12:05
Mavzuga oid

00:53
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi

20:40 / 15.05.2025
Rossiya Istanbulda muzokaralar o‘tkazishga va «murosalarga» tayyor - Medinskiy

12:26 / 14.05.2025
Putin borsa, Tramp ham boradi: Istanbulda katta uchrashuv bo‘ladimi?

12:23 / 14.05.2025