Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Politsiya Istanbuldagi terakt ijrochisi Qirg‘iziston yoki O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini gumon qilmoqda
Istanbuldagi 1 yanvar kuni terakt IShIDga yollangan O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda politsiyaga asoslangan holda CNN Turk telekanalida xabar berildi.
Bundan oldinroq, terakt ijrochiligida gumon qilinayotgan yigit surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni qurollangan shaxs Istanbuldagi Reina nomli tungi klubga bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni o‘qqa tutdi. Ushbu terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi va 69 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizildi. Halok bo‘lganlarning 16 nafari xorijlik edi.
Avvaliga terrorchi politsiya tomonidan yo‘q qilingani aytildi. Ammo bu ma'lumot tasdiqlanmadi. Hozir u qidiruvda.
Xabar qilinishicha, 28-31 dekabr kunlari politsiya Turkiyaning turli shaharlarida IShIDning 63 nafar a'zosini qo‘lga olgandi. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasida ushbu hujumga O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida ma'lumot olingan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026