Özbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida"gi qonuniga özgartirişlar kiritildi. 2017 yil 1 yanvardan pensiyani belgilaş uçun murojaat muddatlari qisqartiriladi.

Yangi tartibga köra, yoş böyiça pensiya belgilaş u böyiça murojaat agar unga huquq paydo bölgandan keyin 60 kundan (avval 3 oy) keç bölmagan muddatda bildirilgan bölsa, pensiya yoşiga erişilgan kundan amalga oşiriladi. Nogironlik böyiça pensiya nogironlik örnatilgan kundan boşlab xuddi yuqoridagidek qoidaga köra belgilanadi.

Qolgan barça holatlarda pensiya murojaat qilingan kundan boşlab belgilanadi.

Bundan taşqari, pensioner ölimi tufayli olinmagan pensiya hamda dafn marosimiga nafaqa tölovlari uni oliş uçun murojaat pensioner ölimidan keyin 60 kundan keç bölmagan vaqtda bildirilgan bölsa beriladi.