Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda yuz bergan YTH oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi
Foto: Khaosod
Tailand sharqidagi Chonburi viloyatida mikroavtobus va pikapning to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Khaosod nashri.
Yo‘l-transport hodisasi dushanba kuni Banbing tumanida ro‘y bergan. Chantxaburi shahridan poytaxt Bangkokka yo‘l olgan mikroavtobus pikap bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng yonib ketgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mikroavtobus chorrahadan o‘tib ketgan va ichida yo‘lovchilar bo‘lgan pikap bilan to‘qnashgan.
Nashrning politsiyaga asosan xabar berishicha, mikroavtobus haydovchisi transport vositasi rulida uxlab qolgan va bu avtohalokatga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Tailandda yangi yil bayrami vaqtida ko‘plab YTH sodir bo‘ladi. Yer usti transporti departamentiga ko‘ra, qirollik hududida 29 dekabr-1 yanvar kunlari ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 280 kishi halok bo‘ldi, 2,8 ming inson jarohat oldi. Avtohalokatlarga aksariyat hollarda mast holda mashina boshqarish sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:21 / 12.03.2026
“Yechim – tezlikni tushirish” - hokim o‘rinbosari Toshkentda YTHlar ko‘pligi haqida
12:56 / 12.03.2026
Toshkentda BRT yo‘lagida avtobus va yengil avtomobil to‘qnashdi
11:44 / 12.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
17:56 / 10.03.2026