20:20 / 02.01.2017
9030

Video: «Real» futbolchilari jarima zarbalarini FIFA 17 o‘yinidagi kabi ijro etib, musobaqalashdi

«Real» jamoasi futbolchilari Xames Rodriges, Karim Benzema, Daniel Karvaxal, Keylor Navas, Lukas Vaskes, Marko Asensio va Rafael Varan mashg‘ulot maydonida FIFA 17 muhitini hosil qilishdi va jarima zarbalarini shu simulyatordagi kabi amalga oshirishdi.

Buning uchun futbolchilar ikkiga bo‘lingan: ispanlar xorijliklarga qarshi.

Ochkolar FIFA 17 o‘yinidagi kabi hisoblangan. Yakunida Ispaniya vakillari ustun chiqqan: «Real»ning uchinchi darvozaboni Ruben Yanes darvoza to‘qqizligiga to‘pni joylagan. 

Shu bilan birgalikda bu musobaqalashuvda eng ko‘p ochkoni Xames qo‘lga kiritgan.

Top