00:44 / 03.01.2017
8297

APL, 20-tur. "MYu" "Vest Hem"ni mag‘lub etib, qatorasiga 6-o‘yinda g‘olib bo‘ldi

Foto: Twitter/ManUtd

APLning 20-turida "Manchester Yunayted" safarda "Vest Hem"ga qarshi maydonga tushdi. "Olimpiyskiy" stadionida kechgan o‘yin mehmonlarning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu Mourino shogirdlarining musobaqadagi qatorasiga kiritilgan 6-g‘alabasi bo‘ldi. 

O‘yindagi ilk gol 63-daqiqada Xuan Mata tomonidan kiritildi. Oradan 15 daqiqada o‘tib, mehmonlar hujumchisi Zlatan Ibrahimovich himoyachi xatosidan unumli foydalanib, yakuniy hisobni o‘rnatdi. 
20-turdan so‘ng "MYu" 39 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. "Vest Hem" esa 22 ochko to‘plab, 13-o‘rinni egallagan. 

Vest Hem – Manchester Yunayted 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar:
0:1 – 63 Mata, 0:2 – 78 Ibrahimovich.
Vest Hem – Rendolf, Ogbonna, Rid, Kressuell, Lansini (Ayyu, 89), Antonio, Feguli, Kuyate (Fernandesh, 82), Payyet (Kerroll, 69), Nordtveyt, Obiang.
Manchester Yunayted – De Xea, Roxo, Djons, Darmian (Mata, 46), Valensiya, Pogba, Kerrik, Mxitaryan (Smolling, 65), Errera, Lingard (Reshford, 58), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Payyet (29), Darmian (42), Valensiya (75), Nordtveyt (90).
Chetlatish: Feguli (15).

Top