22:10 / 03.01.2017
55184

O‘zbekiston rahbariyatida yana bir jiddiy o‘zgarish, Istanbul teraktining batafsil ma'lumoti va boshqa xabarlar

Yakunlanib borayotgan 3 yanvar O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonda navbatdagi tarixiy o‘zgarishlar

Yangi 2017 yilda O‘zbekistonda qator qonunlar qabul qilindiki, ular mamlakatning rivojlanayotganidan, demokratik istiqbol sari odimlayotganidan darak beradi.

O‘zbekiston – Xitoy hamkorligining yangi shafaqi

Si Tszinpin: Xitoy va O‘zbekiston – yaqin do‘stlar va ishonchli hamkorlardir
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan maktub yo‘lladi.

>>> Batafsil.

Mirziyoyev: O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikdan manfaatdor

2017 yilning 2 yanvar kuni O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi.

>>> Batafsil.

O‘zbekistondagi qator yangiliklar

Qamoqxonaga savol berish mumkin bo‘ldi: O‘zbekiston IIV JIEBB rahbarining virtual qabulxonasi ochildi

O‘zbekiston fuqarolari endilikda jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbariyatiga onlayn-rejimda shikoyatlar bilan, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan ma'lumotlar olish va o‘z takliflari yuzasidan murojaatlar yuborishlari mumkin.

>>> Batafsil.

Avtobus yo‘nalishlari metropoliten liniyasi bilan takrorlanmaydi

Toshkentda shahar va shahar atrofidagi yer usti jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish metropolitenga yo‘lovchilarni jalb etish maqsadida o‘tkazilmoqda.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonda yangi yilda benzin narxi o‘zgarmadi

2017 yilning 1 yanvarida transport vositalari uchun benzin va dizel yoqilg‘isiga iste'mol solig‘iga o‘zgartishlar kiritildi.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk ijarasining minimal stavkasi belgilandi

O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga beriladigan turar joy va noturar inshootlar ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlarini belgilab berdi.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonda avtotransport ijarasining minimal stavkalari belgilandi

O‘zbekiston hukumati 2017 yil uchun avtotransport vositalari ijarasining yangi minimal stavkasini belgiladi.

>>> Batafsil.

Tamaki mahsulotlariga yangi aksiz soliqlari belgilandi

O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan respublikada ishlab chiqariluvchi tamaki mahsulotlariga yangi aksiz soliq stavkalarini belgiladi.

>>> Batafsil.

 Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma o‘zgardi

2017 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi oshirildi.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonda mobil operatorlar har bir abonent uchun 2000 so‘mdan to‘laydigan bo‘ldi

O‘zbekistonda 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab mobil aloqa (uyali aloqa kompaniyalari) xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan abonentlik raqamini ishlatish uchun to‘lov miqdori oyiga 2000 so‘m etib belgilandi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston IIV rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston hukumatida yana bir jiddiy o‘zgarish ro‘y berdi.

>>> Batafsil.

Akademiklarning oylik gonorarlari oshiriladi

2017 yilning 1 yanvaridan O‘zbekiston fanlar akademiyasi a'zolariga 10ta eng kam ish haqi miqdoriga teng mablag‘dan (1,5 million so‘m atrofida) iborat gonorar berila boshlaydi va bu gonorardan daromad solig‘i olinmaydi.

>>> Batafsil.

Spirtli ichimliklarning aksiz soliqlari oshirildi

O‘zbekiston 2017 yilning 1 yanvaridan respublikada ishlab chiqariladigan spirt, spirtli ichimliklar va pivoga  nisbatan aksiz soliq stavkalarini oshirdi.

>>> Batafsil.

Nahotki O‘zbekiston byudjyeti bolalarning temir-tersagiga qarab qolgan bo‘lsa?!

Taniqli bloger va jurnalist Sanjar Said o‘zi istiqomat qilayotgan Jizzax viloyati maktablarida norasmiy ravishda "metallolom solig‘i" joriy etilgani bayon qilingani haqida yozdi.

>>> Batafsil.

Jahonda...

Bag‘doddagi terakt videosi

YouTube portalida kuni kecha Iroq poytaxtida yuz bergan terakt tasvirlangan video chop etildi.

>>> Batafsil.

Facebook asoschisi 2016 yilda ateizmdan voz kechdi

Avval ateist pozitsiyasini tutgan Mark Tsukerberg o‘zi yaratgan ijtimoiy tarmoq orqali dinni dunyo madaniyatining juda muhim qismi, deb hisoblashini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Istanbuldagi terakt tafsilotlari

Istanbul terakt sababchisining selfisi

Turkiya politsiyasi tungi klubdagi teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan erkakning selfisini namoyish qildi
Jahon 13:00 17603
Turkiya politsiyasi Istanbul shahridagi tungi klubda ro‘y bergan teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs o‘zini Taksim maydonida suratga olgani tasvirlangan videoni namoyish qildi.

>>>  Batafsil.

Istanbuldagi terakt ijrochisi qaysi mamlakat fuqarosi ekani ma'lum qilindi

Turkiya huquq-tartibot organlari Istanbuldagi Reina tungi klubida Yangi yil bayramini nishonlash uchun yig‘ilganlarni qirg‘in qilgan terrorchining shaxsi haqida ma'lumot berdi.

>>> Batafsil.

Istanbul terakti ijrochiligida gumon qilingan shaxs intervyu berdi

Turkiya nashrlari tomonidan Istanbul terakti ijrochiligida gumon qilingan Qirg‘iziston fuqarosi Yahyo Mashrapov bu teraktga aloqador emasligini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Top