13:40 / 03.01.2017
26309

1 va 2 yanvarning eng muhim xabarlari

1 va 2 yanvar kunlari O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonda biznesni rejadan tashqari tekshirishning barcha turlari bekor qilindi

O‘zbekistonda 2017 yilning 1 yanvaridan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishning (yuridik shaxsning chetlatilishidan tashqari) barcha turlari bekor qilindi.
>> Batafsil

 

Pensiyani tezroq olish imkoni paydo bo‘ldi

2017 yil 1 yanvardan pensiyani belgilash uchun murojaat muddatlari qisqartirildi.
>> Batafsil
 

Istanbulda Yangi yil kechasi mudhish terakt uyushtirildi

Foto: Reuters

Terakt qurbonlari soni ortmoqda

Politsiya Istanbuldagi terakt ijrochisi Qirg‘iziston yoki O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini gumon qilmoqda

O‘zbekiston esa Turkiyadagi terakt ijrochisi haqida ma'lumotga ega emas

Erdo‘g‘an esa terrorchilar Istanbuldagi terakt orqali nimani ko‘zlagani haqida gapirdi

 

Bag‘dodda yirik terakt sodir bo‘ldi

Fojia Bag‘dodning Madinat-es-Sadr tumanida ro‘y bergan hamda 35 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fojia videosi ham paydo bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilmaga ega bo‘lgan terrorchi minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan.
>> Batafsil

 

Fransiya prezidenti Iroqqa keldi va bir qator bayonotlar berdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland dushanba kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahriga keldi.
>> Batafsil

Shuningdek, Fransiya prezidenti Fransua Ollandning ma'lum qilishicha, Iroq hukumat kuchlarining Mo‘sulni IShID terrorchi guruhidan ozod qilish operatsiyasi tez orada o‘z poyoniga yetadi.

 

Qozog‘istonda 1 yanvar kuni ko‘p qavatli uy quladi, qurbonlar bor.

Voqea Shaxan posyolkasida yakshanba kuni kechqurun yuz bergan. Qutqaruvchilar vayronalar tagidan to‘qqiz kishi, jumladan uch bolaning jasadini chiqarib olishgan.
Qozog‘istonda ko‘p qavatli uyning qulashiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi.

 

Fransiyada 1 yanvarga o‘tar kechasi bezorilar 650 avtomobilga o‘t qo‘ydi

Yangi yil kechasida Fransiyada 650ta avtomobil yoqib yuborildi.
>> Batafsil

 

Mamlakatning Bosh archasi Toshkent markazida katta tirbandlikni keltirib chiqardi: "Labzakda tartibsizlik avjida".

Foto: Sputnik

Tirbandlik shu darajadaki Abu-Saxiy dam oladi. Melisalar son-sanoqsiz, ammo bu aholi eng zich joylashgan kvartallardan biri bo‘lgani sabab, ular ham buning uddasidan chiqa olmayaptilar".
>> Batafsil

 

Qozog‘iston 1 yanvardan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosi maqomiga ega bo‘ldi

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatidagi maqomi 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi va bu 2018 yilning oxiriga qadar amalda bo‘ladi.
>> Batafsil

Millionlab foydalanuvchilar WhatsApp’siz qolishadi

Foto: © AFP 

Messenjerni eskirgan gadjyetlarda ishlatib bo‘lmasligi ma'lum bo‘ldi.
>> Batafsil


2016 yilning tibbiyot sohasidagi eng muhim hodisalari

Foto: Hi-news.ru

Ma'lumki, tibbiyot bir joyda turmay, muntazam rivojlanib keladi. Kun sayin davolashning yangi texnologiyalari, yangi tashxis usullari va tibbiy gadjyetlar kashf qilinmoqda. 2016 yil tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasida turli hodisalarga boy bo‘ldi va biz ularning ularning eng asosiylarini yodga soldik.
>> Batafsil

 

Xitoy chempionatiga o‘tgan Odil Ahmedovni xitoylik muxlislar katta tantana bilan kutib olishdi

Xitoyning «Shanxay SIPG» jamoasi bilan shartnoma imzolagan Odil Ahmedov mamlakatga yetib ordi va klub muxlislari tomonidan katta tantanalar bilan kutib olindi. Suratlar

«Borussiya»ning 18 yoshli futbolchisi dahshatli jarohati tufayli faoliyatini yakunladi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi safida bo‘lgan 18 yoshli italiyalik futbolchi Dario Skuderi futbolchilikni dahshatli jarohat tufayli juda erta tark etishga majbur bo‘ldi. Video (+18) 

Top